Samarqand viloyati Narpay tumanida Epica mashinasi kanalga tushib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
9-oktabr kuni soat 08:50 da Samarqand viloyati Narpay tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Alisher Navoiy” MFY, E.Ravshanov ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga boshqaruvi yo‘qotilgani natijasida Epica rusumli mashina tushib ketganligi ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, kanal ichidagi avtomashina salonidan haydovchini behush holatda chiqarib olgan. Biroq tuman tez yordam xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tibbiy yordam va muolaja ishlariga qaramay, fuqaro vafot etgan.
Avvalroq Samarqandda Malibu zovurga tushib ketgani xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolishga ulgurgan
- Namanganda Cobalt kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi, yo‘lovchi ayol esa omon qoldi
- Samarqandda kanalga tushib ketgan “Jiguli” olib chiqildi. Uning haydovchisi salondan topilmadi (video)
- Toshkentda Lacetti Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi