“Manchester Siti” direktori Omar Berrada “Barselona” hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
Messi — dunyoning va o‘z davrining eng yaxshi o‘yinchisi. O‘ylashimcha, klub uni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan mamnun bo‘ladi.Avgust oyi oxirida Messi “Barselona”dan ketishini ma’lum qildi va “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin edi. Biroq katalon klubi hujumchini tekinga qo‘yib yuborishni istamadi va uni xarid qilmoqchi bo‘lganlardan 700 million yevro miqdoridagi tovon pulini so‘radi. Keyinchalik Messi klub bilan sudlashish niyati yo‘qligi va “Barselona”da qolishini ma’lum qildi. Uning katalonlar bilan shartnomasi 2021-yilning iyunida o‘z yakuniga yetadi.Messi — bizning transfer siyosatimiz bo‘yicha istisno variant, biroq biz o‘z imkoniyatlarimiz darajasidagi futbolchilarni olib kelishni reja qilganmiz.
Biz hammasiga tayyor turishimiz kerak. Ammo shuni ayta olamanki, kerak bo‘lgan taqdirda “Manchester Siti”da Messi transferini amalga oshirish uchun moliyaviy va tizimli imkoniyatlar yetarli.
Omar Berrada, “Manchester Siti” direktori
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!