Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 1-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

OKMK “Surxon” maydoniga safar qildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahs taqdirini 6-daqiqada Darko Stanoyevichning tomonidan kiritilgan avtogol hal qildi. Shundan so‘ng ikkala jamoa vakillari har qancha urinmasin darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.

OKMK mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolarini 39 taga yetkazib, 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Surxon” 12 ochko bilan 12-pog‘onadan o‘rin olgan.

Foto: “Navbahor” FK

“Buxoro” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida bahs esa Muborak shahrida kechdi. O‘yin davomida mehmonlar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, biroq ularga mezbonlar darvozasini ishg‘ol etish nasib etmadi. Shu tariqa tomonlar nursiz durangga rozi bo‘ldi.

“Navbahor” 18-turdan keyin 23 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda. “Buxoro” esa 9 ochko jamg‘argan holda so‘nggi, 14-o‘rindan joy olgan.

Coca-Cola Superliga

18-tur bahslari

1-oktabr, payshanba

“Surxon” — OKMK 0:1

Gol: 0:1 – 6 Stanoyevich (avtogol).

“Surxon”: Azamat Ahmedov, Nizom Norov, Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Nuriddin Hasanov, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov.

OKMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Bobur Yo‘ldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov, 58), Sanjar Tursunov (Shahzod Nurmatov, 71), Husniddin G‘ofurov, Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 71), Elguja Grigalashvili (Bahrom Abdurahimov, 58) (Sardor Rahmonov, 90+1).

Ogohlantirishlar: G‘ofurov 29, Mehmonov 43, Shaydulov 72, Stanoyevich 89.

“Buxoro” — “Navbahor” 0:0

“Buxoro”: Sardor Qobiljonov, Mirjalol Jumayev, Bobirjon Amanov, Suhrob Ne’matov, Jasur Hakimov (Muhammad G‘iyosov, 46), Zohir Pirimov (Javohir Shodmonov, 90+3), Behruz Sadilloyev (Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 64), Bekzod Saidov, Ergash Ismoilov, Izzat Abdullayev (Abbosbek Jumaqulov, 27) (Abdug‘ani Kamolov, 90+3), Solibek Karimov.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov (Sardor Telyakov, 66), Azizbek Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov (Tohirjon Shamsitdinov, 66), Igor Golban, Xurshidbek Muxtorov, Abbosjon G‘ulomov (Islombek Isoqjonov, 58), Zabihillo O‘rinboyev (Ruslan Bolov, 58).

Ogohlantirishlar: Jumaqulov 56, Solovyov 63, Shamsitdinov 68.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!