1-oktabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Donald Tramp saylovoldi mitingiga kelayotgan paytda Dulut xalqaro aeroportida samolyotda uning soyasi aks etmoqda.

Foto: Reuters

Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Pittsburgga poyezdda yetib keldi.

Foto: Reuters

Bangladeshlik muhojir Bosniya va Gersogovina yaqinidagi o‘rmonda telefonini tekshirmoqda. Yuzlab muhojirlar yaxshi hayot ilinjida Yevroittifoqqa o‘tib olish uchun Xorvatiya chegarasi yaqinida vaqtinchalik lager tashkillashtirgan.

Foto: Reuters

Hindistonliklar koronavirusdan vafot etgan qarindoshlari suratlarini ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

BMTning Nyu-Yorkda joylashgan shtab-kvartirasi yaqinida Donald Tramp va Braziliya prezidenti Jair Bolsanaruning muzdan yasalgan haykali o‘rnatilgan.

Foto: Reuters

Gonkong bosh ijrochi direktori Kerri Lam Xitoy milliy kuniga bag‘ishlangan tadbirda ichimlik ichmoqda.

Foto: Reuters

Pragada quyosh ko‘tarilayotgan paytda O‘rta Asrga oid Karlov ko‘prigi bo‘ylab ketayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Misrlik bola ta’til paytida ota-onasiga yordam berish uchun kuniga uch dollar evaziga shisha zavodda ishlaydi.

Foto: Reuters

Britaniya shahzodasi Eduard va grafinya Sofi maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazmoqda.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Barselona shahrida oilaning o‘z uyidan ko‘chirib yuborilishiga qarshi chiqqan odamlar va politsiya to‘qnashuvi.

Foto: Reuters

Nomusi toptalgan qizning o‘limidan so‘ng norozilik namoyishiga chiqqan ayol politsiyachilar tomonidan hibsga olinmoqda. Hindiston.                                                                                                                                                                                                             Foto: Reuters

Nepallik ayol Katmandudagi piknik uchun mo‘ljallangan joyda kitob o‘qimoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda restoranlarga faoliyatini qayta tiklashga ruxsat berilgan birinchi kuni ovqat tayyorlayotgan oshpaz.

Foto: Reuters