Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 17-turida “Mash’al” 27-sentabr, yakshanba kuni “Surxon”ni qabul qildi.

Foto: “Mash’al” FK

Uchrashuvda teng kurash kechdi va har ikki jamoada ham bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. 83-daqiqada Husniddin G‘ofurov termizliklarga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa “Surxon”ning yetti o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga yakun yasaldi va jamoa 12 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Muborak klubi esa ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. “Mash’al 17 ta turda 19 ochko to‘plab, 10-o‘rinda bormoqda.

“Mash’al” keyingi turda “Nasaf”ga qarshi bahs olib borsa, “Surxon” OKMK maydoniga safar qiladi.

Coca-Cola Superliga

17-tur bahsi

27-sentabr, yakshanba

“Mash’al” — “Surxon” 0:1

Gol: 0:1 – 83 G‘ofurov.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullayev, Ifeani Ifeani, Mo‘minjon Meliyev, Ella Ken Arman (Nikita Pavlenko, 59), Jamoliddin Ubaydulloyev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov (Ibe Mishel Okoro, 70), Sardor Eminov (Sherzod Temirov, 70), Denis Vasilev.

“Surxon”: Azamat Ahmedov, Abduqahhor Xojiakbarov, Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan (Sardor Sulaymonov, 76), Nuriddin Hasanov (Sherzod Karimov, 53), Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov.

Ogohlantirishlar: Ifeani (81), G‘ofurov (90+1), Salomov (90+4).

17-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: PFL

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!