Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida Matiz avtomobil beton to‘siqqa urilishi natijasida haydovchi vafot etdi, deya xabar qiladi IIV.

Foto: IIV

Ma’lum qilinishicha, 17-sentabr kuni fuqaro M.B. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini Yo‘ldosh ko‘chasida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatida haydovchi M.B. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: IIV

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.