“Barselona” jamoasi 16-sentabr, chorshanba kuni “Jirona”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Foto: “Barselona” FK

Uchrashuvning 21-daqiqasida Filippe Koutinyo “ko‘k-anorranglilar”ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Lionel Messi o‘zi uchun noqulay bo‘lgan o‘ng oyog‘ida jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida “Jirona” jamoasi Samuel Saysning golidan keyin hisobni qisqartirdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Messi dublini nishonlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning La Liga startidagi o‘yinlari jamoaning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab qoldirilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi

16-sentabr, chorshanba

“Barselona” — “Jirona” 3:1

Gollar: 1:0 – 21 Koutinyo, 2:0 – 45 Messi, 2:1 – 46 Says, 3:1 – 51 Messi.

“Barselona”: Neto, Serdxi Roberto (Semedu, 63), Alba (Firpo, 63), Arauxo, Pike (Langle, 63), Buskets (Alenya, 63), Koutinyo (Konrad, 63), de Yong (Puch, 63), Trinkau (Pedri, 63), Grizmann (Breytueyt, 64), Messi (Dembele, 63).

“Jirona”: Xuan Karlos, Espinosa (Bueno, 64), Alkala (Ramalo, 46), Moxika (Enrik Frankesa, 46), Kalavera (Maksi Vilya, 63), Fernandes (Aleks Galyar, 46), Gumbau (Granel, 46), Xayro Iskerdo (Priego, 63), Says (Victor, 64), Kebe (Diamanka, 46), Turmo (Sebalyos, 46).

Ogohlantirishlar: Turmo (39).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!