16-sentabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

G‘azo sektorining janubiy qismida Isroilning havo zarbalaridan keyin ko‘rinayotgan tutun va olov.

Foto: Reuters

Chilining Santyago shahridagi “Buin” hayvonot bog‘ida yurgan urg‘ochi sher. Ayni damda bog‘ moliyaviy ahvolini tiklash uchun homiy qidirmoqda.

Foto: Reuters

Belgiyaning merosxo‘r malikasi Yelizaveta Elzenborn harbiy lageridagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Foto: Reuters

Isroilning Tel-Aviv shahrida restoran sanoati ishchilari umummilliy karantin cheklovlariga qarshi norozilik belgisi sifatida likopchalarni sindirmoqda.

Foto: Reuters

Sloveniyaning Sevnitsa shahriga yaqin Rozno hududida Ales Zupevs AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp sharafiga yasalgan bronza haykalni ochmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Brayton plyajida sovun pufaklarni yorishga intilayotgan bolalar.

Foto: Reuters

Quddusda yahudiylarning Yangi yili oldidan ibodatchilarning G‘arbiy devorda qoldirgan yozuvlarini tozalab chiqayotgan xodim.

Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida koronavirusdan vafot etgan 3 oylik farzandini ko‘mishga olib ketayotgan erkak.

Foto: Reuters

Massachusets shtatining Chelsi shahrida koronavirus pandemiyasi vaqtida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan aholi vakili mahsulot omboridan o‘ziga ajratilgan yordam paketini olib ketmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Sautend-on-Si hududida koronavirusga test topshirish uchun navbatda turgan odamlar.

Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi shifoxonada kislorod balloni oldida turgan tibbiyot xodimi.

Foto: Reuters

Yaponiyaning iste’foga chiqqan bosh vaziri Sindzo Abe bosh vazir qarorgohini tark etayotganida xodimlari uni guldasta va qarsaklar bilan kuzatmoqda.

Foto: Reuters