Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroga uni styuardessa sifatida ishga joylab qo‘yishini aytib, 1000 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli M.Y. murojaat qilgan. Murojaatchi o‘z arizasida unga 2017-yilning iyun oyida tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessa ishiga joylashtirishni va’da qilgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 26 yoshli F.A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘z xizmati evaziga 1000 AQSh dollari olgan F.A. va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mazvuga doir:
- Buxoroda fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan shaxs qo‘lga tushdi
- Buxoroda 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Beshariqda Qo‘qon davlat pedagogika institutiga 5000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi