“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, 14-avgust kuni hamda shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududi quruq va mo‘tadil issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol tezligi kuchsizdan o‘rtachaga yetishi mumkin. Shimoliy hududlarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda uning shiddati sekundiga 23-28 metrni tashkil qilishi mumkin.

Bu kunlarda havo harorati mamlakat hududining katta qismida kechasi 18-23 darajani, kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi, janubda 40 darajagacha isiydi.