Jorj laqabli maymunga termos sovg‘a qilishdi. Maymun sovg‘ani shoshib ochib, yo‘riqnomani o‘qiyotgani aks etgan video internetda ommalashdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Videoni basketbolchi Reks Chepmen ijtimoiy tarmoqqa joylagan va u allaqachon ikki million marta tomosha qilingan.
Videoda Jorjning quti olgani va uni hayajon bilan ochgani ko‘rsatilgan. U quti ichidagi termosni ko‘rganda jilmaygan va kameraga qaragan. Maymun sovg‘ani sinchkovlik bilan ko‘radi, uni hidlaydi va qopqog‘ini ochadi. Barchaning xursandchiligiga qarab, yo‘riqnomani o‘qiy boshlaydi.
George got a new thermos. Reads the instructions and all... https://t.co/7pwtLWzcvq
— Rex Chapman🏇🏼 (@RexChapman) August 6, 2020
Foydalanuvchilar qiziquvchan maymundan xursand bo‘ldi. Kimdir bu videoni bir hafta ichida ko‘rgan eng yaxshisi, deya izohladi.