Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Xususan,
- 7-avgust kuni Toshkent–Rostov-Don–Namangan,
- 8-avgust kuni Toshkent–Sankt-Peterburg–Namangan,
- 9-avgust kuni Toshkent–Moskva–Namangan
Avvalroq yuqorida e’lon qilingan 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining jadvaliga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar berilgan edi.
Xususan, 5-avgust kuni Qohira–Toshkent–Qohira yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16-avgust kuni bajarilishi, shuningdek, 7—8-avgust Toshkent–Pekin–Toshkent yo‘nalishidagi reys esa 13—14-avgust kunlari amalga oshirilishi belgilangan edi.
Mavzuga doir:
- Pandemiya tufayli O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan AQSh va Kanadadagi barcha fuqarolar vatanga olib kelingani ma’lum qilindi
- O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi charter reyslarga chipta taklif qilayotgan tovlamachilar haqida ogohlantirdi
- O‘zbekistonlik 144 nafar mehnat migranti charter reys bilan Rossiyaga ishga jo‘natildi