Minskda Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan mitingda 63 mingga yaqin odam ishtirok etdi, deb xabar beradi “Vesna”.

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, miting konsert shaklida o‘tkazilgan bo‘lib, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da yakunlangan. Tixanovskayadan tashqari sahnada birlashgan shtab a’zolari, ro‘yxatdan o‘tmagan nomzodlarning vakillari — Mariya Kolesnikova va Veronika Sepkalo chiqish qilgan.

Ta’kidlanishicha, zamonaviy Belarus tarixida bu kabi ommaviy aksiya so‘nggi 10 yilda birinchi bor o‘tkazilmoqda. Quyida miting qanday o‘tgani tasvirlangan kadrlarni ko‘rish mumkin.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

https://www.instagram.com/p/CDRZ1bBpAzY/?utm_source=ig_embed

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Foto: Reuters

Avvalroq Belarusda prezidentlik saylovlari oldidan amalga oshirilayotgan kampaniya vaqtida 700 nafardan ziyod odam hibsga olingani, ularning har beshtadan bittasi ma’muriy qamoqqa tushgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgustda Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda 1994-yildan beri davlatni boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko ham ishtirok etmoqda. Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari vaqtida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, undan avval prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lganlarning aksar qismi, xususan, asosiy raqobatchi Viktor Babariko hibsga olingan. Svetlana Tixanovskaya saylovlarga qadar yetib kelgan nomzodlar orasida Lukashenkoga eng jiddiy raqib hisoblanadi.