Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Iyul oyining to‘rtinchi haftasida dunyoning turli burchaklarida olingan eng yaxshi suratlarni taqdim etamiz.

Koronavirusga chalingan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru rasmiy qarorgohida tarafdorlari bilan uchrashdi.
Foto: Reuters

Pokistonda Qurbon hayitiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Foto: EPA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Shotlandiyaning Stromness shahriga tashrif buyurdi.
Foto: “TASS”

Shveysariyadagi Alech muzliklari.
Foto: EPA

Sidney shahrida “Maton: Avstraliya gitarasi” ko‘rgazmasi ochildi
Foto: EPA

Shanxaydagi Pudun xalqaro aeroportida Boeing 777-200F Ethiopian Airlines samolyoti yonib ketdi.
Foto: Reuters

Quddusdagi AQSh elchixonasi oldidagi qazilmalar vaqtida qadimiy majmua topildi.
Foto: EPA

Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtirilgan ko‘chirish dasturi doirasida Germaniya Gretsiyadan kelgan muhojirlar va qochoqlarni qabul qiladi.
Foto: Reuters

Zimbabveda quyosh botishidan chiqishiga qadar komendantlik soati joriy etildi. Politsiya kechki 6 dan ertalabki 6 gacha ko‘chada yurgan istalgan odamni qo‘lga oladi.
Foto: EPA

Italiyaning Milan shahrida Sevezo va Lambro daryolari tinimsiz yomg‘ir natijasida to‘lib toshdi.
Foto: EPA

Keyptaun politsiyasi koronavirus cheklovlariga qarshi chiqayotgan aholini suvli o‘qlar yordamida haydab solmoqda.
Foto: EPA

Yaponiya hukumati koronavirusga chalinganlar soni ortib borayotganiga qaramasdan, sayyohlik tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun aholini sayohatga chorlamoqda.
Foto: EPA

San-Sebastyan shahrida 55-jaz festivali o‘tkazildi.
Foto: Reuters

Germaniyaning Ulmen shahrida xizmat itlarini tayyorlash maktabida koronavirusga chalingan bemorlarni aniqlashga o‘rgatilayotgan it.
Foto: EPA

Seulda karantin cheklovlaridan keyin birinchi marta modalar namoyishi o‘tkazildi.
Foto: Reuters

Gibraltar bo‘g‘ozida baliqchilar to‘riga o‘ralashib qolgan kashalot.
Foto: EPA

Xitoyning Yunnan provinsiyasida etnik shou.
Foto: EPA

Germaniyada quyosh chiqishi vaqti.
Foto: “TASS”

Ispaniyaning Madrid shahrida La Fura dels Baus teatr guruhining chiqishi.
Foto: EPA

Xitoyning Yunnan provinsiyasida to‘g‘onni tomosha qilayotgan sayyohlar.
Foto: EPA

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH armiyasi yollanma askarlar tanqisligiga duch kelmoqda — Bloomberg
Sport
“Temur ham, Bobur ham Hindistonni aql bilan olgandi”. Twitter foydalanuvchilari shaxmat Olimpiadasidagi g‘alaba haqida
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova