Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozovning bildirishicha, aholidan tez tibbiy yordamga kelayotgan murojaatlarning katta qismi tana harorati oshishi va havo yetishmasligi bilan bog‘liq. Murojaat qilayotganlar koronavirus alomatlari kuzatilmasa ham tibbiy yordamga murojaat qilmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uning so‘zlariga ko‘ra, avval tez yordamga kuniga 1800-2000 ta chaqiriq tushgan bo‘lsa, hozirgi kunda chaqiriqlarning kunlik soni 3000-3500 taga yetmoqda.

Chaqiriqlar sonining ko‘paygani hisobga olinib, hududlardagi oilaviy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilindi. Mobil guruhlar tana harorati ko‘tarilgan fuqarolarni borib ko‘radi.

Bundan tashqari, viloyatdagi tez tibbiy yordam brigadalari soni ko‘paytirilgan. Brigadalarning soni avval 280 ta bo‘lgan bo‘lsa, ular qatoriga yana 83 ta tez yordam mashinasi qo‘shilgan.

Tez yordamga qo‘ng‘iroqlarni qabul qiluvchi operatorlar soni 8 nafardan 24 nafarga yetkazilgan. Shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq savollarga javob berish uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi huzurida +998557101003, +998557107707 raqamlari orqali Call-markaz ishlamoqda. Mazkur markaz imkoniyatlariga qo‘shimcha ravishda Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshida ham 1105 raqamida Call-markaz tashkil etilgan.

Avvalroq Samarqand avtomobil zavodida Isuzu D-Max pikapi bazasida tez yordam mashinalari ishlab chiqarilishi ma’lum qilingandi, ulardan 27 tasi Toshkent shahriga yetkazib beriladi. Shuningdek, Jizzax avtomobil zavodi Volkswagen Caddy bazasida maxsus jihozlangan tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi