Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan shaxsga ayblanuvchidan 75 million so‘m undirilib berildi, deya “Daryo”ga xabar beradi Majburiy ijro byurosi.

Qayd etilishicha, Qo‘shtepa tumani Sarmozor qishlog‘ida yashovchi M. Fozilov Namangan viloyati Pop tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir etganligi sababli sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘ladigan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybli deb topilgan va jinoyati oqibatida jabrlanuvchi A. Ahmadjonovga yetkazilgan 75 million 362 ming so‘m moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Bu haqdagi jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining 2020-yil 12-mart kunidagi ijro varaqasi 2020-yil 5-aprel kunida Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atildi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M. Fozilovga qonunda belgilangan ixtiyoriy muddat belgilab berilgan, biroq sud hujjatida ko‘rsatilgan moddiy zarar to‘lab berilmagandan keyin majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishga kirishildi.

Qarzdorning bank hisob raqamlari, omonat pul mablag‘lari, nomiga ko‘chmas mulklar rasmiylashtirilganligi va transport vositasi qayd etilganligi tekshirildi hamda uning yashash manzilida ko‘zdan kechirildi. Biroq sud hujjatida ko‘rsatilgan moddiy zararni undirish uchun hech narsa aniqlanmagan.

Shundan so‘ng qarzdor M. Fozilov va uning ota-onasi ishtirokida yashash manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘inida tushuntirish ishlari olib borilgach, 2020-yil 21-iyul kuni qarzdor M. Fozilov va uning otasi R. Fozilov tomonidan 75 million so‘m naqd pul olib kelinib, undiruvchiga shaxsan topshirildi.

Ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlanganligi sababli tugatilib, tegishli sudga qabul qilingan qaror nusxasi yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi