Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shotlandiyada joylashgan orol Londondagi kvartira narxida sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Metro.

Foto: SWNS

Foto: SWNS

Inchconnachan nomli kimsasiz orol 500 ming funt sterlingga sotilmoqda. Nashrning yozishicha, Londondagi kvartiralar narxi ham, taxminan, shu atrofda.

Orolning maydoni 42 gektarga teng bo‘lib, Lox-Lomond ko‘li o‘rtasida joylashgan. U o‘simliklar bilan zich qoplangan va 20 yildan buyon hech kim yashamaydi.

Foto: SWNS

Foto: SWNS

Foto: SWNS

Foto: SWNS

Foto: SWNS

Foto: SWNS

Unga faqat qayiqda yetib borish mumkin. Orolda 1920-yillarda yog‘ochdan qurilgan uy mavjud. Uni buzib tashlashga, shuningdek, beshta yotoqxonaga ega yangi uy qurishga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, orolning yangi egalari qayiqlar stansiyasi, pirs (kemalarni bog‘lab qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus joy) va qo‘shimcha kulba qurishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Shotlandiyada maydoni 1,8 ming gektardan ortiq bo‘lgan orol 4,25 million funt sterlingga sotuvga qo‘yilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim