O‘zbekistonda 2020-yil 10-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 134 kishiga ko‘payib, 11 857 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

  • 32 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida,
  • 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Xabar berilishicha, 10-iyul kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 48 nafar fuqaro, shundan 38 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent shahridagi 3-son tug‘ruq majmuasida sog‘aydi.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 7335 kishiga, kasallik qurbonlari soni esa 53 kishiga yetdi.

Hozirda mamlakatda 4469 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.