Toshkent shahar Yunusobod tumanida 37 yoshli fuqaro o‘z otasini urgani uchun unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26-iyun kuni, taxminan, soat 19:00 da Yunusobod tumanida 37 yoshli B.A. otasi 65 yoshli B.A. bilan janjallashish davomida unga tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 65 yoshli B.A.ga yengil darajadagi tan jarohatlari yetgan. Uning o‘g‘liga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.