Salkam 10 yil ochiq osmon ostida yotgan “ZAZ-966” modelining egasi mashinasini sotishga qaror qildi, deb xabar beradi Carakoom.
Avtomobil egasi dastlab uni yurgizishga harakat qilib ko‘rgan. Benzin quyib, yangi akkumulyatorni ulagan bo‘lsa-da, bu hech qanday natija bermagan. Mashina harakatsiz qolavergan.
Shundan so‘ng, u “tramblyor” va o‘t oldirish qismini ta’mirlab, uchqun chiqarishga uringan. Bu ham yordam bermagan.
Uzoq urinishlardan so‘ng, “Zaporojets” o‘t olib, o‘zining V4 dvigatelini ishlatgan, u hatto old va orqaga bir necha metr yurgan.
“Sobiq Ittifoq texnikalari uzoq yashaydi. To‘g‘ri, u injiq va ko‘p e’tibor talab qiladi. Biroq shuncha yildan keyin qayta ‘tirila’ oladi. BMW yoki Hyundai shunday qila olarmidi?”, — deyiladi xabarda.