Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Tottenhem” – “Everton” uchrashuvida (1:0) “shporlar” darvozaboni Ugo Lyoris va jamoa yarim himoyachisi Son Hyon Min bilan janjallashib ketdi.
Birinchi bo‘lim yakunlangach, ikkala futbolchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi, jamoaning qolgan a’zolari bazo‘r ularni ajratib qoldi. Shundan so‘ng barcha o‘yinchilar kiyinish xonasiga yo‘l oldi.
Ta’kidlash joiz, ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin Lyoris va Son yarashganlik belgisi sifatida bir-birini quchib qo‘ydi.
Lyoris 2012-yildan beri “Tottenhem” sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u 16 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 4 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
Son esa 2015-yildan beri London klubida to‘p suradi. 2019/20 yilgi mavsumda uning hisobida 25 ta o‘yin, 9 ta gol va 10 assist bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!