AQShda afroamerikalik Jorj Floydning politsiyachi tomonidan o‘ldirilishi oqibatida yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishi davom etmoqda. Bu safar marodyorlar Michigandagi minilgan avtomobillar saloniga hujum uyushtirdi: jinoyatchilar Bentley Continental GT o‘rin olgan ko‘rgazma zalini vayron qildi, deb xabar beradi Motor.

Kadr: Fox 17

Barchasi avtosalon yaqinidagi dilerlik markazidan Hyundai Paslisade va Genesis G70’ni olib qochidan boshlangan, shundan so‘ng jinoyatchilar Chevrolet Impala va Ford Fusion’ni o‘g‘rilashgan. Biroq bu ham ularga kamlik qilgan: ular Europen Autohaus ko‘rgazma zaliga kirib, Bentley Continental GT kalitini topib olgan. Ichki kuzatuv kameralar tizimi bosqinchilardan biri shisha eshiklar va avtosalon vitrinasining bir qismiga shikast yetkazib, o‘g‘irlangan avtomobilda qochib ketganini yozib olgan. Mahalliy politsiya ularning ortidan quvishga tushgan, biroq jinoyatchilar yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlab ketilgan Bentley Continental GT 60,8 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, uning narxi 40 ming dollar turadi.

MLive ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida mahalliy dillerlardan 36 tadan ortiq avtomobil o‘g‘irlab ketilgan, xususan, ularning ayrimlari boshqa bir jinoyat joylarida ham qayd etilgan.

Avvalroq AQShdagi norozilik namoyishchilari avtosalonlarga bostirib kirib, mashinalarni yoqib yuborib, 50 ta sportkarni minib qochgani to‘g‘risida xabar berilgandi.