O‘zbekistonda 19-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, yana 26 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 5946 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanganlarning
- 18 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
- 4 nafari esa Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirgacha koronavirusga chalingan bemorlardan 4273 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 19 nafar fuqaro kasallik asoratlaridan vafot etdi.