Vyetnamlik fuqaro eksi iPhone korpuslaridan foydalanishning ajoyib usulini o‘ylab topdi — u Apple mahsulotlaridan uyining atrofiga panjara yasadi. iPhone panjaralar tasvirlangan rolikka texnobloger Ben Geskin e’tibor qaratgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iPhone korpuslari — ko‘pchilik o‘ylaganidek stiker emas, haqiqiy.
Ma’lum bo‘lishicha, rolik muallifi servis markazda ishlaydi. Keraksiz korpuslarni u shu yerdan olgan (asosan, iPhone 6 va 7 modellari). Bu kabi panjarani qurishga qancha korpus ketgani noma’lum, ta’kidlanishicha, kamida yuzlab sarflangan.