“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Arsenal”ga o‘tib ketgan Mikel Arteta o‘rniga o‘ziga yangi yordamchi topdi.
Marca nashrining xabar qilishicha, Gvardiolaning yangi assistenti ispaniyalik Xuanma Lilyo bo‘ladi. Pep uni o‘zining ustozi deb biladi va “maestro” deb ataydi.
Lilyo 1980-yillardan buyon murabbiylik qilib keladi. 30 yoshida “Salamanka” ustoziga aylangan mutaxassis, La Liga tarixidagi eng yosh murabbiylar sirasiga kiradi. U Yoxan Kroyfning shogirdi hisoblanadi va ish uslubi Gvardiolaniki bilan o‘xshash.
Hozirda 54 yoshli mutaxassis Xitoyning “Sindao Xaynyu” jamoasida faoliyat yuritmoqda, biroq yaqin orada klubni tark etadi. Avvalroq u Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida Andres Inyesta, David Vilya va Lukash Podolski kabi futbolchilar bilan birga ishlagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!