O‘zbekistonda 6-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 15 kishiga ko‘payib, 4022 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida,
- 3 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda,
- 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida
Ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha 759 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra 3247 bemor koronavirusdan butunlay sog‘aygan, 16 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.