Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 30-turida “Bavariya” 6-iyun, shanba kuni “Bayer” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda myunxenliklar raqib darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi. Mehmonlar safida Kingsli Koman, Leon Goretska, Serj Gnabri va Robert Levondovski o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, maydon egalarining tarkibida ikki goliga Lukas Alario va Florian Virts mualliflik qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Bavariya” o‘z ochkolari sonini 70 taga yetkazib, birinchi o‘ringa yanada mustahkam o‘rnashib oldi.
Ushbu o‘yinga parallel ravishda bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limda kamchilik qolgan “Leypsig” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgan holda “Paderborn” bilan durang o‘ynadi. “Ayntraxt” esa o‘zida “Mayns”ga yutqazib qo‘ydi.
Bundesliga
30-tur bahslari
6-iyun, shanba
“Bayer” — “Bavariya” 2:4
Gollar: 1:0 – 10 Alario, 1:1 – 27 Koman, 1:2 – Goretska, 1:3 – Gnabri, 1:4 – Levandovski, 2:4 – Virts.“Bayer”: Gradeski, Dragovich, Tapsoba, Bender, Amiri (Demirbay, 46), Arangis, Baumgartlinger (Paulinyo, 62), Diabi, Belarabi (Virts, 46), Beyli (Vendell, 46), Alario (Folland, 76).
“Bavariya”: Noyer, Boateng, Alaba, Pavar, Kimmix, Gnabri (Alkantara, 74), Devis (Lyuka Ernandes, 85), Goretska (Martines, 74), Koman (Perishich, 66), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Koman (8), Amiri (30), Levandovski (32), Belarabi (35), Myuller (40), Dragovich (74).
“Leypsig” — “Paderborn” 1:1
Gollar: 1:0 – 27 Shik, 1:1 – 90+1 Shtrodik.“Leypsig”: Gulachi, Anxelinyo, Klostermann, Upamekano, Mukiyele, Kampl (Orban, 88), Adams, Olmo (Laymer, 65), Nkunku (Aydara, 58), Shik (Halstenberg, 46), Verner.
“Paderborn”: Singerle, Shtrodik, Yans (Evans, 85), Kollinz, Hyunemayer, Vasiliadis, Antvi-Ajey, Gyasula (Ritter, 76), Preger (Sabiri, 76), Mamba (Mixel, 63), Srbeni (Solinski, 85).
Ogohlantirishlar: Upamekano (16), Gyasula (21), Hyunemayer (28), Mamba (43), Shtrodik (63).
Chetlatish: Upamekano (43).