PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya 2017-yilda “Barselona”ga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
“Men Parijda juda baxtli edim, ammo o‘sha paytda klubdagilar menga oxir-oqibat yolg‘on bo‘lib chiqqan ba’zi narsalarni gapirdi.
“Barselona” meni o‘z safiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Klublar muzokaralar o‘tkazishdi, lekin PSJ meni sotishni xohlamadi. Bori shu.
O‘sha yolg‘on judayam jahlimni chiqargandi, ammo baribir klubni tark etmaganimdan xursandman. Hozir Parijda o‘zimni yaxshi his qilyapman.
Yevropadagi faoliyatimni PSJda tugatmoqchiman. Bu men o‘ylayotgan yagona narsa.
Men va oilam bu yerda baxtlimiz. Biroq kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Hozircha yangi shartnoma bo‘yicha hech qanday muzokara boshlamadik, bu haqda o‘ylayotganim ham yo‘q. Bor e’tiborimni futbolga qaratmoqchiman, qolganlari esa keyinroq keladi.
Yana Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni xohlagan bo‘lardim (di Mariya 2013/14-yilgi mavsumda “Real” safida Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan). Gap faqat sovrinda emas, balki klub va uning muxlislariga bo‘lgan muhabbatdadir”, — deydi di Mariya.
Mavzuga doir: “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!