Ozoda Nursaidova Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga munosabat bildirdi.

“Bu shaxsan men uchun, bastakor, ijodkor uchun olamshumul yangilik. Ya’ni mening ko‘p yillik muammolarimning yechimi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir san’atkor o‘z asarlarining ham moddiy, ham ma’nan e’tirof etilishini xohlaydi. Chunki bu asarlar bizning borlig‘imiz. Ular bizning mulkimiz hisoblanadi. Mulk himoyasiz bo‘lsa, san’atkor ijod qilgisi kelmaydi. Qariyb 15-20 yildan beri ushbu muammoni yecha olmayotgan edik. Turkiyaga borib, bastakorlar uyushmasiga a’zo bo‘lardik, o‘zimizda muammoning yechimini topa olmayotgandik. Bu, albatta, san’at va madaniyat sohasidagi islohotlarning eng muhimi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Fursatdan foydalanib, san’at ahliga katta e’tibor berayotgan prezidentimizga va madaniyat vazirimizga minnatdorchilik bildiraman”, — deydi Ozoda Nursaidova.

https://www.instagram.com/p/CBCi-MVhv4z/