Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvlarining o‘tkazilish sanalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, “Yuventus” — “Milan” bahsi 12-iyun kuni, “Napoli” — “Inter” uchrashuvi esa 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki uchrashuvda “Milan” “San-Siro”da “Yuventus” bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa (1:1), “Napoli” mehmonda “Inter”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Kubogi finali 17-iyun sanasiga belgilangan.

Avvalroq Italiya A Seriyasining tiklanishi ham ma’lum qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!