Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari tasdiqlandi. Bu haqda PFL rasmiy saytida e’lon qilindi.

Foto: PFL

“So‘g‘diyona” stadioni yoritish tizimida muammolar borligi uchun “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” bellashuvi soat 18:00 da boshlanadi.

“Buxoro” sport majmuasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bois klub o‘z uy uchrashuvlarini Muborakdagi “Bahrom Vafoyev” stadionida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Quyida 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:

Superliga

4-tur bahslari

13-iyun, shanba

19:00 “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”

20:00 “Qizilqum” — OKMK

14-iyun, yakshanba

18:00 “So‘g‘diyona” — “Paxtakor”

20:00 “Nasaf” — “Navbahor”

15-iyun, dushanba

18:00 “Surxon” — “Mash’al”

18:30 “Buxoro” — “Andijon”

19:00 “Lokomotiv” — “Metallurg”.

Mavzuga doir: “Metallurg” — “Lokomotiv” uchrashuvi “qizil” hudud toifasiga kiritilgan Bekoboddan Toshkentga ko‘chirildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!