Har doim bir xil taom tayyorlashdan charchaganlar uchun qaylali chuchvara ayni muddao.

Foto: Getty Images

Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tayyor tugilgan chuchvaralar (uy sharoitida doimgidek tayyorlab olishingiz ham mumkin)
  • Piyoz — 2 dona
  • Sabzi — 1 dona
  • Tuz, murch
  • Sarimsoq piyoz
  • Smetana — 2 osh qoshiq
  • Tomat pastasi — 2 osh qoshiq
  • Suv — 500 ml
  • Pishloq — 100 gr
  • Ko‘katlar

Tayyorlanish jarayoni:

  • O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovuring.
  • Sabzi solib aralashtiring.
  • Tomat pastasi, smetana, tuz va murch soling.
  • Suv solib aralashtiring.
  • Chuchvaralarni soling.
  • Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq soling.
  • Ko‘kat seping va 20 daqiqa past olovda dimlang.
  • Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.