Rossiyada 18-may holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 926 ta holat qayd etildi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 783 kishiga kamdir. Mamlakatda ketma-ket uchinchi kun koronavirusga yangi chalinganlar soni 10 ming kishidan kamroqni tashkil etmoqda.

Foto: Reuters

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda qayd etilgan kasallanishlar umumiy soni 290 678 kishiga yetdi.

So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (3238 nafar), Moskva viloyati (921 nafar), Sankt-Peterburg (425) shaharlarida aniqlangan.

Sutka davomida 91 nafar bemor, umumiy hisobda esa 2 722 nafar bemor vafot etgan. Virusga chalinganlarning 2 836 nafari tuzalib, sog‘ayganlar soni 70 209 nafarga yetgan.