Ushbu taomni tayyorlashdan 24 soat avval tovuq qanotlarini marinadlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu sizdan har doimgidan ko‘proq harakat talab qilsa-da, natija shunga arziydi.

Foto: Lifehacker

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Piyoz — 1 dona
  • Chili qalampiri — 1 dona
  • Zanjabil
  • Asal — 5 osh qoshiq
  • Soya sousi — 2 osh qoshiq
  • Tovuq qanotlari — xohishga qarab

Tayyorlanish jarayoni:

  • Piyozni mayda “kubik”, chili qalampirini yupqa dumaloq shaklda to‘g‘rang, zanjabilni maydalang.
  • Piyoz, chili, zanjabil, asal, soyani qo‘shib aralashtiring.
  • Tovuq qanotlarini aralashmaga botirib, shisha idishga soling, qandolat “paket”iga o‘rab muzlatgichga qo‘ying (24 soat tursin).
  • Marinadlangan tovuq qanotlarini tovaga o‘simlik yog‘i solib, 20 daqiqa davomida yaxshilab qovuring.
  • So‘ngra 180 daraja qizigan pechga 10-15 daqiqaga qo‘ying.
  • Mazkur tovuq qanotlarini salat yoki garnir bilan qo‘shib yeyish mumkin.

Yoqimli ishtaha!