Avstraliyaning 9news nashri 4-may kuni maymun bolakayni o‘g‘irlab ketishga uringani tasvirlangan videoni e’lon qildi. Hayvon bolakayni o‘g‘irlash uchun mini-mototsiklda kelgan.
Taxminlarga ko‘ra, video Indoneziyada tasvirga olingan. Avstraliyalik jurnalistlarning fikricha, bolakayning maymun tomonidan o‘g‘irlanishiga insonlarning aloqasi bor: hayvon juda uzun ipga bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Jinoyat oxiriga qadar sodir etilmagan. Maymunni mahalliy aholining baqir-chaqirlari qo‘rqitib yuborgan va u bolakayni tashlab qochib ketgan.