UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov katta miqdorda pul ishlab topgani va u hozirda pul uchun jang qilmasligini ma’lum qildi.
Bo‘lajak to‘qnashuvlar haqida gapirar ekan, Uayt rossiyalik yakkakurashchi uchun pul ahamiyat kasb etmasligini bildirdi.
“Odamlar tushunmayapti, Habib aqlbovar qilmas darajada boy! U juda boy odam, Habibda pulga ehtiyoj umuman yo‘q”, — deydi funksioner.
Shuningdek, Deyna Konor Makgregor va Nurmagomedov o‘rtasidagi revansh hamda Habib—Toni Fergyuson to‘qnashuvi katta qiziqishga sabab bo‘lishi, bu esa ko‘p pul keltirishini aytib o‘tgan.