Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tomonidan toshqin oqibatlari bartaraf etilayotganligiga oid ilk fotosuratlar jamlanmasi taqdim etildi.
Tiklash ishlari 4R-18a avtomobil yo‘lining 0-1 kilometri oralig‘ida, A-373 a avtomobil yo‘lining 15-kilometrida, A-373 avtomobil yo‘lining 15-16 kilometr oralig‘ida, A-373 avtomobil yo‘lida, 4R-31 avtomobil yo‘lida olib borilmoqda.
“Shuningdek, boshqarma ishchi xodimlari tomonidan ofatdan zarar ko‘rgan Oqoltin tumani Bobur SIU xonadonlari hududida ham tozalash ishlari amalga oshirilyapti”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may tongida yuz bergan falokatdan so‘ng 70 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani, kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olib, kasalxonalarga yotqizilgani, 300 kishi vertolyotlar vositasida qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.