Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Putinning yordamchisi, hukumatning iqtisodiyotga aralashuvi tarafdori va kelajakda hozirgi bosh vazirni almashtirish ehtimoli mavjud bo‘lgan nomzod. Tjournal Mishustin o‘rniga Rossiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Andrey Belousov haqidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim qildi.

Andrey Belousov

Andrey Belousov
Foto: “RIA Novosti”

30-aprel kuni Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin o‘zida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini e’lon qildi. U bemor vaqtida bosh vazir vazifasini bajarish birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov zimmasiga yuklandi.

Belousov davlat xizmatiga 2006-yilda kelgan va o‘shanda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi, u vaqtda vazirlikka German Gref rahbarlik qilgan;

Vazir o‘rinbosari lavozimini egallaguniga qadar Belousov Makroiqtisodiyot tahlili va prognozlari markazini tashkil qilgan, Davlat dumasining ikkita qo‘mitasida ekspert, bosh vazirlarning shtatdan tashqari maslahatchisi bo‘lgan va hukumat hamda Davlat kengashining dasturiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

2012 -2013-yillarda Belousov iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimida ishladi, 2020-yilgacha esa Putinning iqtisodiy masalalar bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. U iqtisodiyotda milliy maqsadlarni belgilab bergan may oyida e’lon qilingan farmon mualliflaridan biri. Belousov iqtisodiyotning davlat ixtiyorida bo‘lishi tarafdori, ya’ni unga hukumat va davlat rahbariyati aralashishi lozim deb hisoblaydi.

2018-yilda metallurgiya va kimyo zavodlarining egalari Belousov ustidan shikoyat qilib, hukumatga arznoma kiritgan. Amaldor ularga daromadlaridan davlatga ulush berishni taklif qilgan. Ushbu mablag‘, ya’ni 514 milliard rublni may oyidagi farmon ijrosi uchun sarflanishi ko‘zlangandi. Yakunda ixtiyoriy ravishda davlatga pul topshirish haqida qonun loyihasi qabul qilindi.

2020-yil yanvarida Belousov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

“Belousovning bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlanishi nisbatan tushunarli vaziyat, bu iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qiladi: ular pullar chop etishadi”, – deya Belousovning hukumat rahbariyatidagi lavozimlardan birini egallashiga munosabat bildirgan “Novaya gazeta”da nashr qilinadigan maqolalar muallifi, politolog Dmitriy Oreshkin.

Forbes bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Belousov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida Putin e’tibor qaratayotgan milliy loyihalar ijrosini nazorat qiladi.

“Yangi bosh vazir o‘rinbosarining tayinlanishi inqirozga qarshi choralarning bo‘linishi va o‘sishni anglatadi. Sodda qilib aytganda, Siluanov — moliyachi va buxgalter, Belousov esa iqtisodiy rivojlanishning makroiqtisodiy masalalari bilan shug‘ullanadi”, — deya nashrga ma’lumot bergan federal amaldorlardan biri.

Belousovni milliarder Oleg Deripaska manfaatlariga xizmat qiluvchi lobbist deb hisoblashadi. “Sobesednik” nashri 2000-yillar boshida uning oligarx qo‘lida ishlaganini aniqlagan. Deripaskaning kompaniyalari esa davlat bilan daromadini bo‘lishishi zarur bo‘lgan iqtisodiyot ishtirokchilari ro‘yxatiga kirmagan.

Meduza manbalaridan biri Mishustinning bosh vazir kursisiga qaytmasligini taxmin qilmoqda. Hukumatdagi suhbatdosh amaldagi bosh vazir qaytgandan keyin boshqa lavozimga o‘tishini bildirgan. “Hozir vaziyat o‘zgargan, iqtisodiyot pandemiya sabab o‘tirib qoldi, endi uni ishga tushirish zarur. Mishustin buni eplay olmasa kerak”, — degan nashrga bergan xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida