Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning Tamil-Nadu shtati Maduray shahrida mashhur buqani so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun 200 kishi karantinni buzdi, deb xabar berdi Daily Mail.

Foto: AFP

Foto: AFP

Muli laqabli buqa hayoti davomida mahalliy ibodatxonada saqlangan, u ma’budlardek e’zozlangan.

Buqani Jalikattu festivalidagi ishtiroki uchun ham yaxshi ko‘rishar edi.

Buqa olomon orasiga qo‘yib yuborilar, odamlar esa unga osilib, imkon qadar ko‘proq osilib turishga intilar, buqa esa ularni ustidan tushirishga harakat qilib, yugurar edi. Muli 20 yil umr ko‘rgan va qarilikdan vafot etgan.

“Ayollar Mulining o‘lganini eshitib, yig‘ladi. Butun qishloq uni yaxshi ko‘rar edi”, — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Jonivorning o‘ligi gullar bilan bezatilib ibodatxona oldiga qo‘yildi. Odamlar unga tasmalar, pullar olib keldi.

Qayd etilishicha, agar karantin bo‘lmaganida Muli bilan xayrlashishga bundan ham ko‘proq odam kelardi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi