Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar belgilangan qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 68 239 ta holat aniqlandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 11 867 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida aniqlanmoqda. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 9 907  tani tashkil etmoqda. Respublikaning boshqa hududlarida aniqlangan qoidabuzarliklar soni esa quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyatida – 10 350 ta;
  • Samarqand viloyatida – 6 226 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 4 857 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 4 596 ta;
  • Namangan viloyatida – 3 889 ta;
  • Andijon viloyatida – 3 785 ta;
  • Buxoro viloyatida – 2 819 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 479 ta;
  • Xorazm viloyatida – 2 309 ta;
  • Jizzax viloyatida – 2 236 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 2 216 ta;
  • Navoiy viloyatida – 703 ta holatni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida Toshkent shahri va bir qator shaharlarga transportning kirish-chiqishi cheklandi, viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi. O‘zbekistonning yirik shaharlarida “o‘zini yakkalash” tartibi joriy etildi. Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida karantin tartibini nazorat qiluvchi “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi.Ayni paytda O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi  noma’lum. U Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha kattaligini aytgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda fuqarolarga karantin qoidalarini buzganligi haqida SMS jo‘natib, pul undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlar paydo bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr
Dunyo
Bayden: “Putin Ukrainadagi urushni tugatishga qiziqish bildirsa, u bilan gaplashishga tayyorman”