Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya hukumati kichik va o‘rta biznes uchun tezkor kreditlar berish dasturini tasdiqladi hamda bu orqali koronavirus infeksiyasi epidemiyasi sharoitida bozorda talab kamaygan vaqtda kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Mahalliy kompaniyalar dastur doirasida davlat tomonidan 100 foiz ta’minlab beriladigan kreditlar olishi mumkin. Qarzning miqdori kompaniyalarda ishlaydigan xodimlar soniga bog‘liq. 11 nafardan 50 nafargacha xodimi bo‘lgan korxonalar 500 ming yevrogacha kredit olsa, xodimlarining soni 50 nafardan 250 nafargacha bo‘lgan kompaniyaga 800 ming yevrogacha miqdorda qarz beriladi.

Mart oyida Germaniya hukumatida 600 milliard yevrolik iqtisodiy barqarorlik jamg‘armasi tashkil qilingan va u karantin sharoitida mahalliy kompaniyalarga ko‘mak berishi ko‘zda tutilgandi.

Germaniyada koronavirus yuqtirib olish holati 100 ming nafardan ko‘proq odamlarda kuzatilgan, shundan 1600 nafari kasallik oqibatida vafot etgan, 28 ming nafarga yaqin kishi COVID-19’dan tuzalgan. Hukumat qaroriga ko‘ra, xorijdan kelgan har bir mamlakat fuqarosi zudlik bilan karantinga yuboriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi