Jahon iqtisodiyoti deyarli to‘xtab qoldi, vaziyat esa 2008—2009-yillardagi jahon inqirozi davridan ham yomonroq. Bu haqda brifing vaqtida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva ma’lum qilgan.
“Biz XVJ tarixida hali hech qachon jahon iqtisodiyotining to‘xtab qolganini ko‘rmaganmiz. Biz tanazzulga yuz tutyapmz, bu jahon iqtisodiy inqirozidan ham yomonroq”, — degan u.
Uning aytishicha, koronavirus oqibatlaridan ko‘proq rivojlanayotgan davlatlar jabr ko‘rmoqda. Chunki ularda “bu ikki tomonlama inqiroz — sog‘liqni saqlash va iqtisodiy inqirozdan himoya qilish uchun yetaricha resurslar yo‘q”.LIVE NOW: Joint IMF-@WHO Press Briefing on #COVID19 with @KGeorgieva and @DrTedros. https://t.co/W2gOo5T1iF #coronavirus https://t.co/faWV9yj67w
— IMF (@IMFNews) April 3, 2020
“Aslida, jamg‘armaning 75 yillik tarixida hali biror marta bunchalik ko‘p davlatlar favqulodda moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lmagan — bizga 85 ta davlat murojaat etdi, yana bir vaqtning o‘zida”, — deb ta’kidlagan XVJ rahbari.
Mavzuga doir: 80 ga yaqin mamlakat Xalqaro valyuta jamg‘armasidan koronavirus sabab moliyaviy yordam so‘radi
Kristalina Georgiyevaning qo‘shimcha qilishicha, XVJ asosiy xavfni iqtisodiyotning tiklanish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bankrotlik va ish joylarining qisqarishida ko‘rmoqda.
Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari neft kompaniyalarining koronavirus tufayli 10 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgandi.