“Al-Ittihod” klubining serbiyalik hujumchisi Aleksandar Priyovich vatanida karantin qoidalarini buzgani uchun, 3-aprel juma kuni, hibsga olindi.
Serbiya hukumati koronavirus pandemiyasi sabab mamlakatda komendantlik soatini joriy qilgan. Unga ko‘ra, dushanba-juma kunlari soa 17:00 dan boshlab tongi 05:00 ga qadar ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Dam olish kunlari esa taqiq 13:00 dan boshlanadi.
Priyovich esa to‘rt nafar tanishi bilan Belgraddagi mehmonxonalardan birining restoranida 17:00 dan keyin (mahalliy vaqt) qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, koronavirus bilan zararlanganlar soni dunyo bo‘yicha 1 milliondan oshib ketdi. Vafot etganlar soni esa 58 ming kishida oshgan. Serbiyada esa ayni vaqtga qadar virusni yuqtirib olganlar soni 1476 kishini, vafot etganlar soni esa 39 kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga doir: “Real” futbolchisi karantin qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. U 12 yilgacha qamalishi mumkin