Rossiyaning Moskva shahrida to‘rt nafar bemor ikkiyoqlama pnevmoniya va koronavirusga ijobiy tahlillar sabab vafot etdi. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib, “RIA Novosti” xabar qilgan.
Bemorlardan biri 34 yoshda edi. U surunkali bronxit bilan kasallangan, yuragida va oshqozon osti bezida ham muammolari bo‘lgan. Erkak to‘rt kun davomida sun’iy havo beruvchi apparatda ushlab turilgan. Ikkiyoqlama pnevmoniyadan tashqari bemorda ichki organlarning qonga to‘lganligi, nafas yo‘llarida va bosh miyada shish, ichki qon ketish holati kuzatilgan.
Mavzuga doir: