31-mart, seshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ushbu fuqaro 14-mart kuni London—Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan Toshkentga kelgan. 16-mart kuni unda koronavirus borligi tasdiqlangan. Shu kungacha u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolangan.
O‘zbekistonda 31-mart soat 17:30 holatiga ko‘ra, yetti nafar bemor sog‘aygani xabar berilgan edi. Ularni shaxsan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov reabilitatsiya markaziga kuzatgandi.
Ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 167 nafarni tashkil qilmoqda.