Fransiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi huzurida ishchi guruh shakllantirildi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Fransiyadagi O‘zbekiston fuqarolari bilan muntazam muloqot o‘rnatilgan bo‘lib, ular uchun Telegram’da France-uz guruhi tuzilgan.
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi huzuridagi ishchi guruhi a’zolari bilan bog‘lanish ma’lumotlari:
- Furqat Qodirov, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi +33187866491
- Hamidjon Hoshimov, konsul, birinchi kotib +33153300355
- Shavkat Toshev, uchinchi kotib +33153300354
- Sardor Salimov, attashe +33187866490
- Otabek Ungbayev, Uzbekistan Airways AJning Parij shahridagi vakili +33145224550
- Veb-sayt: https://ouzbekistan.fr
- Elektron pochta: contact@ouzbekistan.fr
- Facebook’dagi sahifa: https://www.facebook.com/ouzbekistan.fr/
- Telegram’dagi guruh: France-uz
Xitoyda epidemiya boshlaganidan buyon koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 735 kishiga yetgan. Jami 58,6 ming bemor tuzalgani aytilmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshib ketdi.