Davlat xavfsizlik xizmati tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy ayollar o‘rtasida “To‘maris avlodlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, jamiyatning asosiy negizi bo‘lgan oila qo‘rg‘onini mustahkam himoya qilish hamda ayol harbiy xizmatchilarning salohiyatlarini oshirish maqsadida tashkil qilingan.
“Tanlov xavfsizlik sohasida xizmat qilayotgan iste’dodli, zukko, harbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan xotin-qizlarni tanlab olishga qaratilgan”, – deyiladi DXX xabarida.
Ikki bosqichdan tashkil topgan tanlov 12 shartdan iborat bo‘lgan. Unda ayollarning nafaqat zukkoligi, balki jismoniy epchilligi ham sinovdan o‘tkazilgan.
G‘oliblar maxsus diplom va pul mukofotlari hamda kasbiy faoliyatda va farzandlar tarbiyasida zarur bo‘ladigan kitoblar bilan taqdirlandilar.
Izoh (0)