UEFA 2022-yilgi Yevropa Ligasi finali hamda 2023-yilgi Yevropa Superkubogiga mezbonlik qiluvchi shaharlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Rossiyaning Qozon shahridagi “Qozon Arena” stadioni 2023-yilgi Yevropa Superkubogi bahsini o‘zida qabul qiladi. Yevropa Superkubogi — 2022 uchrashuvi Finlyandiyaning Xelsinki shahridagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2020-yilgi UEFA Superkubogiga Portudagi “Dragau” stadioni mezbonlik qiladi. 2021-yilgi bahsga esa Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahri mezbon bo‘ladi.
Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadioni esa 2022-yilgi Yevropa Ligasi finaliga mezbonlik qiladi. Yevropa Ligasining joriy mavsumdagi finaliga Polshaning Gdansk shahri mezbonlik qilsa, 2021-yilgi final Sevilyadagi “Ramon Sanches Pisxuan” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)