Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tobora qattiqqo‘l bo‘lib bormoqda va unda surunkali charchoq alomatlari sezilmoqda. Bu haqda “Sluga naroda” (“Xalq xizmatchisi”) partiyasi fraksiya rahbari David Araxamiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati.

“U qattiqqo‘l bo‘lib bormoqda. Unda surunkali charchoq paydo bo‘ldi. U o‘z jamoasidan hafsalasi pir bo‘lmaydi, degan umiddaman”, — dedi Araxamiya Zelenskiy saylovlardan keyin qanchalik o‘zgargani haqidagi savolga javoban.

Zelenskiy 2019-yil 20-mayda Ukraina prezidenti lavozimini egallagandi. O‘tgan yil noyabrida u prezidentlik lavozimi o‘ta murakkab ekani va “barcha kuch, vaqt va ayrim hollarda istaklarni ham so‘rib olishi”ni bildirgandi.

Ukraina rahbarining aytishicha, ish kuni oxirida u hech narsa haqida o‘ylash va hech narsa qilishni istamaydigan, oilasi nimani gapirayotganini anglamaydigan “organizm”ga aylanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat