Xitoyning Uxan shahridagi krematoriylar ishchilari koronavirus sababli mazkur muassasalar to‘lib ketganligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda The Epoch Times xabar berdi.

Foto: The Epoch Times

Ma’lum qilinishicha, kasallik avj olganligi sababli ishchilar kasalxonalar va uylardan qurbonlarning jasadlarini olib kelishga majbur bo‘lmoqda. Ulardan birining aytishicha, yanvar oyining oxiridan buyon u dam olish kunlarisiz ishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, Uxanda bunday hajmdagi ishni eplash uchun ishchilar yetarli emas. Har kuni jasadlarni olib kelish uchun kamida 100 ta qopdan foydalanilmoqda.

Xabar berilishicha, mahalliy hokimiyat koronavirusdan vafot etganlarning jasadlarini yoqishga qaror qilgan. Shu bilan birga, dafn byurolari xodimlari har doim ham jasad koronavirusdan o‘lganmi yoki boshqa sabablarga ko‘ra, o‘lgan yoki yo‘qligini bilmaydi, shuning uchun ular virusdan himoyalanish uchun himoya kostyumlari va niqoblarini kiyishga majbur bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan, ishchilar ko‘p vaqt davomida ovqatlanmaydi, chunki ular himoya vositasidan qayta foydalana olmaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus sababli kelib chiqqan pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar soni 24,5 mingdan oshdi, 494 kishi vafot etdi.